Isroil Qirg‘izistonni sayohat qilish tavsiya etilmagan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi

Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi Belorusiya va Qirg‘iziston kasallanish darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilganligini eʼlon qildi, ularga borish tavsiya etilmaydi. Bu haqida newsru.co.il yozmoqda.

Ushbu ro‘yxatga Uganda, Urugvay, Birlashgan Arab Amirliklari, Seyshel orollari, Efiopiya, Boliviya, Namibiya, Paragvay, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Tunis, shuningdek Belorussiya va Qirg‘iziston kiradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining taʼkidlashicha, agar yaqin kelajakda Belorusiya va Qirg‘izistonda epidemiologik vaziyat yaxshilanmasa, davlatlar “maksimal xavfli mamlakatlar” ro‘yxatiga kiritiladi, ular tarkibiga Argentina, Braziliya, Janubiy Afrika, Hindiston, Meksika va Rossiya kiritilgan.

Isroil fuqarolari uchun ushbu mamlakatlarga sayohat qilish taqiqlanadi – istisno gumanitar holatlar va bundan ushbu mamlakatlarda doimiy yashovchi fuqarolar uchun mustasno.