Prezident toliblar qolib telefon qo‘ng‘iroqlarining narxini muhokama qilmoqda

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani 29 iyun kuni kechqurun Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi va boshqa qator vazirliklar, shuningdek davlat va xususiy telekommunikatsiya kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuvdan maqsad – aholini yana-da sifatli telekommunikatsiya xizmatlari bilan taʼminlash muammosini o‘rganish bo‘lgan.

Prezidentning taʼkidlashicha, mamlakatda aloqa xizmatlari va telefon qo‘ng‘iroqlarining narxi yuqori, shuningdek, sifatsiz xizmatlar ko‘rsatilishi qabul qilib bo‘lmaydigan xatolik deb aytgan. Ashraf G‘ani so‘zlariga ko‘ra, hozirda Afg‘oniston hukumati telekommunikatsiya sohasidagi investorlarga ko‘proq imkoniyatlar yaratadigan to‘liq raqamlashtirish tizimini joriy etishni boshlamoqda. Aloqa kompaniyalari fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatishi kerak, dedi Afg‘oniston prezidenti.

Amaldagi hukumat mamlakatdagi shuncha muammo qolib aloqa xizmatlarini xal etish muhim bo‘lsa kerak.