Qozog‘iston yerlari bo‘yicha Nazarboyev munosabat bildirdi

“Xabar” telekanalida: Nazarboyev “portretga chizgilar” filmi efirida baʼzi rossiyalik siyosatchilarning Qozog‘iston hududi haqidagi bayonotlariga izoh berdi.

 «Qanday yerlar berib yuborilgan? Biz Oltin O‘rda merosxo‘ri bo‘lsak, unda Moskva knyazligi bizga pul (o‘lpon – tahr.) to‘lagan. Biz endi 800 yillik tarixni eslashimiz kerakmi? bunday gaplarga eʼtibor bermaslik kerak. Asosiysi ayni paytda rasmiy talqin bu – Rossiya», – dedi Yelbasi.

Nazarboyevning taʼkidlashicha, bu kabi harakatlarda davlatlar o‘rtasida nizolarni keltirib chiqarish uchun tashqaridan baʼzi kuchlar harakat sezilib qoladi.

«O‘yin har doim bo‘lgan. Masalan, Markaziy Osiyo respublikalarini birlashtirish istagimiz G‘arbga yoqmaydi. Ular xohlamaydilar, hammamizni Rossiyadan ajratmoqchi. Ular buning atrofida ishlamoqda. Odamlar oddiy narsalarni, Qozog‘iston uchun foydalarni tushunmaydi. Xitoyga qarshi g‘alayon bizni Xitoy bilan, uchinchi kuchlar tomonidan esa Rossiya bilan o‘zaro munosabatlarni yomonlashtirmoqda. Bularning barchasi oq ip bilan tikilgandek ko‘rinib turibdi», – deya tushuntirdi u.