Sapat maktablari tarmog‘ining asoschisi Turkiyaga keltirildi

Erdo‘g‘an taʼkidlashicha, Orxan Inandini Turkiyaga maxsus xizmat olib kelgan.

Inandi iyun oyining boshlarida Bishkekda g‘oyib bo‘lgan edi. Bir necha bor mitinglar Qirg‘izistondagi  Turkiya elchixonasi oldida bo‘lib o‘tayotgan edi.

Doimiy ravishda Turkiya hukumati Inandini topshirishni so‘rab Qirg‘izistonga murojaat qilishiga qaramay o‘quv tarmog‘ini yopishga ham uning rahbarini topshirishga ham shoshilmayotgan edi. Inandi rasman Qirg‘iziston fuqaroligini olgan shaxs sanalar edi. Hozirgi xabarlarda esa Erdo‘g‘an Inandini Turkiyaga olib kelinganini aytmoqda. (Xalqaro qonunchilik ham bunday vaqtlarda ikki ko‘zini chirt yumib tursa kerak.)

Sapat maktablari tarmog‘i AQSHda joylashgan turkiyalik diniy voiz Fathulloh Gulenning xalqaro tarmog‘iga kiradi. Anqara uni 2016 yilda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblab kelmoqda.