Onlayn taʼlim olish uchun olingan noutbuklar sotib yuborilgan

Qozog‘istonning shimoliy viloyatida tuman taʼlimi bo‘limi xodimlari Ayrtau tumanidagi maktab o‘quvchilarining onlayn taʼlimi uchun mo‘ljallangan noutbuklarni Kokshetovdagi lombardga topshirgan va “OLX” orqali sotib yubrgan, deb xabar bermoqda Respublika Korrupsiyaga qarshi xizmati.

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, tuman taʼlim bo‘limi metodik kabineti rahbari Tuleuov va iqtisodchi Kospanov koronavirus pandemiyasi paytida maktab o‘quvchilarini masofadan o‘qitish uchun taʼlim bo‘limi tomonidan sotib olingan 177 dona “Acer” markali noutbuklarini o‘g‘irlashgan. “Kiberjinoyatchilar” o‘g‘irlangan texnikalarni lombardlarga topshirishgan va “OLX” Internet xizmati orqali sotishgan. Zarar 27,9 million tengeni (65,5 ming dollar) tashkil etdi.

Mansabdor shaxslarga nisbatan 7,5 va 7 yilga ozodlikdan mahrum qilish  hamda ikkala sudlanuvchi ham umr bo‘yi davlat xizmatidagi lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum etilgan.