Yangi millatchilik u qanday?

Kuzatib turganimizdek, 2016 yilda Donald Tramp hokimiyatga kelishi bilan olimlar “yangi halqa, yangi millatchilik” deb ataydigan hodisa yuz berdi. Nega aynan yangi millatchilik? Chunki Trampning ortidan boshqa mamlakatlarda ham shunga o‘xshash holatlar ro‘y berdi. Masalan, hozir shuni kuzatyapmiz, bundan oldin Braziliyada shunday holat ro‘y bergan edi, prezident Bolsanaru ham millatchilikdan foydalanmoqda. Yoki Vengriyada Viktor Orbanni, Hindistonda bosh vazir Narendra Modini olaylik. Ushbu mamlakatda hind millatchiligi hamma narsadan ustun qo‘yilmoqda. Shu bilan birga, “Brekzit” yuz berganiga ham guvoh bo‘ldik. Ushbu yangi harakat millatchilik oqimini va unga bo‘lgan qiziqishni vujudga keltirdi. Ushbu millatchilikni boshqalaridan nima farqlab turadi? Nega biz uni “yangi” deb aytyapmiz? Chunki ushbu rahbarlar, davlat yetakchilarining barchasi millat iyerarxiyasini belgilab beradi. Yaʼnikim, biz Amerikada Donald Tramp rahbarligi vaqtida u bir xil millatlar yoki etnik guruhlarni “o‘ziniki”, boshqa millat va etnik guruhlarni “boshqalar” deb taʼriflagan edi. Bu Meksikadan bo‘layotgan immigratsiya va musulmonlarga tegishli. Buni Hindistonda ham ko‘ryapmiz, u yerda hindlarga ustuvorlik berilmoqda, Narendra Modining diskurslarida boshqa etnik guruhlar, jumladan, masalan, musulmonlarni kamroq afzal bilinishi aytilmoqda.

Bular barchasi zikr etilgan davlat rahbarlari millat iyerarxiyasini ko‘rsatayotganidan dalolat bermoqda, yaʼni ular nazdida, millat iyerarxiyasi qaysi millat yoki etnik guruh yoki qaysi mafkura asosiy, qaysisi esa asosiy emasligini anglatadi. Ushbu tamoyil saqlanib qolmoqda va nazarimda, u COVID-19 vaqtida og‘irlashdi, chunki ko‘plab kishilar qaysi davlatga mansub ekanini ayta boshladi, sababi, ularga o‘zini xavfsiz sezish hissi zarur. Ayni holatda biz mana shu tamoyilni ko‘ryapmiz. Ushbu yangi tamoyil halqasi kelib, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlariga ham taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

Berikbo‘l Dukeyev: qozog‘istonlik ekspert, Avstraliya milliy universitetining doktorant tadqiqotchisi