Ko‘ngilochar binolar qurish bo‘yicha birinchilik

23 iyun kuni Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Lebap viloyatida Oq Yurta binosini tantanali ochishda ishtirok etgan edi. Bu Turkmanistonda qurilgan ushbu turdagi uchinchi konsert zali xisoblanadi. Bir hafta o‘tgach, davlat rahbari viloyat rahbarlariga binolarni bayramlarni nishonlash va bolalarning qobiliyatlari va isteʼdodlarini rivojlantirish uchun ishlatish bo‘yicha takliflar tayyorlashni buyurdi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “ushbu tuzilmalar xalq anʼanalarini saqlab qolish, ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun mo‘ljallangan, shuningdek, fuqarolarning bo‘sh vaqtlari va dam olishlarini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi”.

Mazkur xabarni tayyorlagan internet nashri maʼlum qilishicha, Turkmanobod hokimiyati Oq Yurta binosining aholi uchun pullik xizmatlar ko‘rsatilishi bo‘yicha qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Masalan, bino ichkarisida maktab o‘quvchilariga sayohatlar uyushtiriladigan kichik muzey joylashtiriladi. Shunda o‘quvchilar uchun chipta narxi 1 manat, kattalar uchun 5 manat qilib belgilanadi.

Yurtaning xonalari shaxsiy bayramlar: to‘ylar, yubileylar va boshqalar uchun ijaraga beriladi. Ijara narxi har bir mijoz uchun alohida belgilanadi.

Bino ichida foto va videofilmlarni suratga olish ruxsatnomasi uchun 130 manatdan (800 ming so‘m atrofida) alohida yig‘im olinadi. To‘lovdan tashqari, Oq Yurta ichkarisidagi xizmatlar uchun shahar hokimligi alohida ruhsatnoma taqdim etishi kerak. Konsert zali maʼmuriyati buyurtmachining maʼlumotlarini ko‘rsatgan holda sertifikat beradi, ular hokimlikka taqdim etilishi va qoniqarli javob olgandan so‘ng, mablag‘ ko‘rsatilgan bank hisob raqamiga o‘tkazilishi kerak. (Turkmaniston xalqi sizlarga alohida rahmat!)

Dam olish uchun binolar ijaraga olinadigan minimal miqdori ham belgilangan. Yurta maʼmuriyati xodimining so‘zlariga ko‘ra, zalni ijaraga oluvchi kamida 100 nafar mehmoni bo‘lsa, zalni ijaraga olishi mumkin. Agar buyurtmada odamlar soni kamroq bo‘lsa, binoning kommunal xizmatlar uchun xarajatlar qoplanmaydi. (qisqasi 100nafardan kam mehmon taklif etish mumkin emas! Yoki pulini shunga qarab xisoblash kerak)

Tadbir o‘tkazishga majbur!

Shaharning har bir yirik korxonasi yiliga kamida bir marta Oq Yurtada bayram yoki ish tadbirlarini o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Har bir ishtirokchi uchun tashkilot 5 manatdan to‘lashi kerak, shuningdek kommunal xizmatlar va xodimlarning ishi uchun alohida haq to‘lashi kerak.

Avvalroq tashkilotlarning tadbirlari o‘tkazilgan Ruxit saroyi, Jeyhun mehmonxonasi va to‘y saroyi tom maʼnoda Oq Yurta atrofida joylashgan. Endi barcha tadbir va marosimlar yangi konsert zalida bo‘lib o‘tishi shart.

Yurtalar tarixi

Birinchi yurta 2015 yilda Meri shahrida ochilgan. Ushbu bino Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng katta yurta sifatida kiritilgan. Bu yerda yana bir rekord o‘rnatildi, prezidentning “Oldinga!” Faqat oldinga, ona vatanim – Turkmaniston!” qo‘shig‘ini bir vaqtning o‘zida 4 mingdan ziyod odam kuylagan edi.

Ikkinchi yurta 2017 yilda Axal viloyatida ochilgan. U Ashxaboddan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bino cho‘l zonasida joylashgan, yaqin atrofda aholi punktlari mavjud emas.

Toshhovuz va Bolqon viloyatlarida yana ikkita katta mana shu kabi bino qurilmoqda.

Joriy yilning fevral oyida maʼlum bo‘lganidek, Toshhovuzda Oq Yurtani qurish qiymati 213,5 mln. manat (davlat kursi bo‘yicha 31 mln. dollar yoki “qora bozor”ning hozirgi kursi bo‘yicha taxminan 6,4 million dollar) ni tashkil etgan edi.