Tojikiston rahbari Imomali Rahmon Qozog‘iston Prezidentidan may oyida kelishilganidek, toliblar tomonidan biror agressiya qo‘llanilsa, qo‘shnisi uni qo‘llab-quvvatlaydimi deb so‘ragan edi, Shu bois, Raxmon dam olish kunlari Toqayevga qo‘ng‘iroq qilib, do‘stona aloqalar mustahkam ekanligiga ishonch hosil qildi. Moskva esa faqat moddiy jihatdan yordam berishini aytgan.

Qozog‘iston Prezidenti yordam berishga tayyorligini yana bor tasdiqladi. Rossiya yuzlab afg‘on askarlari radikallardan qochish uchun o‘tayotgan tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash uchun faqat moddiy yordam beradi. Shunga qaramay, Rahmon davlat chegarasini mustahkamlashga va 20 ming askarni chaqirishga qaror qildi.

Tolibon rahbariyati Afg‘oniston hududining 75-80 foizini egallab olgani haqida xabar bermoqda. Aynan shu hudud G‘ani hukumati bilan muzokaralarda Tolibonga yetakchilik qilishiga imkon beradi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, hech bo‘lmaganda Afg‘oniston ichidagi muammolarini hal qilmaguncha Tolibon tomonidan Markaziy Osiyo davlatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy hujum qilish xavfi mavjud emas.

Tolibonning O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonga xavf tug‘dirmaslik vaʼdasiga qaramay, mazkur davlatlar Tolibon bilan yonma yon “ISHID” va “Al-Qoida” dan tortib, uyg‘ur hamda boshqa ekstremistik separatistlarga qadar yillar mobaynida butun Afg‘oniston bo‘ylab bemalol o‘rnashib olgan terrorchilar mavjudligini yaxshi biladi.

Tolibonlarga bu “integrallashuv” kerak emas: ular bilan kelishish mumkin emas.  Toliblar o‘zaro ichki kelishuvga erishmagunlariga qadar,  Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xotirjamlik yaramaydi.

Agar Afg‘onistondan “qochqinlar” oqimi ko‘payib ketsa, bu mintaqa uchun katta muammoga aylanadi. Qochqinlarni saqlash uchun deyarli hech qaysi davlat iqtisodiy asosga ega emas.