Afg‘onistondagi elchixonalar va elchilar almashinuvi jadallashib bormoqda

Hindistonning Afg‘onistondagi elchisi Rodrandra Tandonning aytishicha, uning mamlakati afg‘on xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Hindiston elchisi bu haqda Afg‘oniston mudofaa vaziri general Bismilla Xon bilan uchrashuvda aytib o‘tdi. Hindiston tomoni yaradorlarni davolash uchun zarur tibbiy to‘plamlarni Afg‘oniston Mudofaa vazirligiga topshirdi (fotosuratda ramziy transfer). Hindiston hukumatining bunday ochiq “sahovatpeshaligi” Tolibon va ularning pokistonlik do‘stlari uchun kutilmagan voqea bo‘ldi deyilmoqda xabarda.

Shu bilan birga, Hindistonning Afg‘onistondagi elchixonasi Mozori Sharif va Qandahordagi konsulliklarini yopmasligini, shuningdek Qobuldagi elchixona va konsullikning doimgidek ishlarini davom ettirishini tasdiqladi. Avvalroq Pokiston, Eron, Turkiya va Rossiyaning Mozori Sharifdagi konsulliklari o‘z xodimlarini evakuatsiya qilish to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Saudiya Arabistoni Afg‘onistonga yangi elchisini yubordi. Elchi prezident Ashraf G‘ani bilan uchrashdi. Shuningdek, Qatar amirining Afg‘onistondagi yangi maxsus vakili tayinlandi.

Afg‘onistonda hozirgi ahvol mana shunday! xorij mamlakatlar elchilari birin-ketin faollashib mintaqada davlatlarining manfaatini himoyalash bo‘yicha bellashmoqda.