Arkadag‘ning yangi kemasi

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Kaspiy dengizida yangi qayiqni sinovdan o‘tkazdi.

Bolqon viloyatiga ishchi tashrif bilan kelgan Prezident Arkadag‘ 7 iyul kuni yangi “Rahat” kemasini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar berilmoqda.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Tataristonda qurilgan kema dengiz sayohatlari uchun mo‘ljallangan. Qayiq “Türkmendeňizderýaýollary” (Turkman dengizi va daryo yo‘llari) agentligiga topshirilgan endilikda bu kema Avaza milliy sayyohlik zonasining parkida saqlanadi degani.

Bu Tatariston “Ak Bars” kemasozlik korporatsiyasi tomonidan Turkmaniston uchun qurilgan А145Э loyihasining ikkinchi tezyurar motorli kemasi. “Rovach” nomli birinchi kema mijozga (Arkadag‘ga) 2019 yilda yetkazib berilgan edi.