Jo Bayden Afg‘onistonga sarflangan 1 trillion dollar va halok bo‘lgan 2448 harbiy haqida

Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistonga davlat qurish uchun emas, balki bu mamlakatda 11 sentyabr voqealari uchun javobgar shaxslar borligi sabab o‘z qo‘shinlarini kiritgan, dedi Prezident Jo Bayden qo‘shinlarni olib chiqib ketishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

“Bizning Afg‘onistondagi missiyamiz 31 avgustda nihoyasiga yetadi. Harbiy nuqtai-nazardan qarasa hozirgi kunga kelib toliblar 2001 yildan buyon eng kuchli mavqega ega. Agar biz u yerda qolsak, jiddiyroq hujumlarga uchraymiz”, dedi Bayden.

U 20 yil o‘tib bu mamlakatda qolish uchun hech qanday sabab ko‘rmasligini taʼkidladi.

“Siz yana qancha amerikalik yigit va qizlar hayotini tavakkal qilishga tayyorsiz? Ularni yana qancha vaqt u yerda qoldirmoqchisiz? 20 yil oldin ularning ota-onalari borgan edi. Endi siz ularni nabiralarini ham u yerga yubormoqchimisiz? Farzandingizni yuborasizmi?

O‘tgan 20 yil ichida minglab askarlar jarohatlar, misli ko‘rilmagan ruhiy kasalliklar bilan uylariga qaytdilar, 20 722 nafar askar jarohat oldi, Afg‘oniston Milliy xavfsizlik va mudofaa kuchlarini tayyorlash va jihozlash uchun 1 trillion dollar sarflandi, 2448 harbiy halok bo‘ldi. Men yangi avlodni boshqa muhim va kerakli natijaga erishish mumkinligini taxmin qilmasdan Afg‘onistondagi urushga yubormayman “, dedi Bayden