Rossiya Fanlar akademiyasi: COVID-19 kelib chiqishi tabiiy

Aksariyat mutaxassislar yangi koronavirusning kelib chiqishini tabiiy deb hisoblashadi, dedi biologiya fanlari doktori S.Netesov RIA Novostiga bergan intrevyusida.

“Hozirga qadar ikkita asosiy gipoteza mavjud – bu hayvonlar yoki shtammlarni laboratoriyalardan chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lsa, biroq, aksariyat olimlar, mutaxassislar fikriga ko‘ra bu virus tabiiy kelib chiqish tarixiga ega. Shunga qaramay virusning dastlabki paydo bo‘lish sabablarini izlash davom etmoqda”, – dedi Netesov, Novosibirsk davlat universitetining bionanotexnologiya, mikrobiologiya va virusologiya laboratoriyasining rahbari.

Eslatib o‘tamiz bir necha oy avval Rossiya hamda Xitoy hukumatiga qarashli bo‘lgan mass media jahon axborot maydonida bir-birini faol qo‘llayotgani aytilgan edi.

Hozirga qadar Rossiya Fanlar akademiyasi biron marta COVID-19 bo‘yicha bunday bayonot bermagan edi.