Кarantin kuchaytirilishi kerak(mi?)

Dunyo bo‘yicha karantin baʼzi joylarda saqlanib qolmoqda baʼzi joylarda esa umuman rioya etilmayotgani kuzatilmoqda. Markaziy Osiyoda esa holat butkul boshqacha

Turkmanistonda COVID-19 umuman yo‘q!

Tojikiston bu kasallikni rasmiy yanvar oyida yengib bo‘ldi.

Qirg‘iziston rasmiylar “issiq ko‘l” dorivor o‘simligi atrofida nimadurlar qilib yuribdi.

Afg‘onistondagi ahvоl o‘zingizga maʼlum.

Qozog‘iston bo‘ylab aynivaqtda karantin kuchaytirilib borilmoqda. Mamlakatdagi epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi munosabati bilan Idoralararo komissiya karantin cheklovlarini kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

O‘zbekistondagi vaziyat esa o‘zingizga maʼlum. Karantin qoidalari tushunarsiz tarzda faqat poytaxt uchun amalga oshirilayotgandek…

Saytimiz kuzatuvchilariga doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilayotgan dolzarb mavzular hamda eʼtibor qaratilayotgan muammolar to‘g‘risida tayyorlangan maqolalar berib boramiz.

Maxsus komissiya tugatilishi kerak!

O‘quvchilardan biri savol berib qoldi:

Do‘konlarni dezinfeksiya qilish majburiymi?

To‘g‘risi, bu savolga javobni bilmayman. Bu savolni men uchun legitimligi haliyam savol ostida bo‘lgan Maxsus komissiyaga berish kerak, deya o‘quvchiga maslahat berdim.

Meni 1,5 yildan beri qiynayotgan  savol shuki, nega butun dunyoda koronavirus bilan bog‘liq dekret, farmoyish va qarorlarni amaldagi hukumatlar qabul qilmoqda. Bizda, O‘zbekistonda esa norasmiy vakolatlari bir dunyo, lekin savol ostida bo‘lgan, majburiyatlari aslo yo‘q Maxsus komissiya?

Yaqinda shu komissiya vaksinatsiyadan o‘tgan talabalarga 10%lik chegirma belgilab berdi. U shunga vakolatli edimi?

Mana Maxsus komissiyani tuzish bo‘yicha farmoyish. 2020 yil 29 yanvarda qabul qilingan. Komissiyaning vazifalariga ko‘z yugurtiring. Bu yerda komissiyaning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy ahamiyatga ega cheklovlarni o‘rnatish vakolati qayd etilganmi? Yo‘q! Yo‘q va yana yo‘q!

O‘tgan bir yarim yilda Maxsus komissiyaning telba-teskari, iqtisodiyot uchun zararli, korrupsion elementlarni ega, oqibatlari to‘g‘ri baholanmagan, natijalari insonlar o‘limi va kasallanish darajasi ortishiga olib kelgan o‘nlab qarorlari qabul qilindi.

Maxsus komissiya bunga javob berdimi?

Bu nomi ulug‘ komissiyaning qarorlarini taftish qilish, tiyib turish, baholash vakolati hech kimda yo‘q. Komissiya qarorlarini qayerdan topishni bilmaysan hatto.

15 oy davomida komissiya qarorlari qanaqadir telegram kanalda chop etib kelindi. Keyin bu telegram kanal sotib yuborildi.

Masalan, maxsus komissiyaning 2020 yil 8 iyuldagi yoki 2020 yil 26 iyuldagi qarorini topishga urinib ko‘ring. Qanday havolalarga ro‘para bo‘ldingiz?

Kulishniyam, yig‘lashniyam bilmaysan.

Hukumat, bizga u qancha yoqsin yo yoqmasin, har bir qarori va harakati uchun masʼuliyatli. Oqibatlarini o‘zida xazm etishga majbur.

Hukumat xato qaror va harakatlar uchun fasad ko‘rinishida bo‘lsa ham Parlament va Xalq oldida javobini beradi.

Maxsus komissiya-chi?

Shunday ekan, Maxsus komissiya, uning barcha vazifalari Hukumatga o‘tkazilgan holda, tugatilishi kerak.

Hech bir organ o‘tgan 5 yilda Maxsus komissiya kabi davlat siyosati va unga bo‘lgan xalq ishonchini bunchalar diskreditatsiya qila olgani yo‘q. Parlamentimiz, agar bunga iroda va kuch topa olsa, Maxsus komissiyaning 1,5 yillik faoliyatiga baho berishi lozim. Mayli hech kimni jazolamasin, lekin hech qursa siyosiy baho kerak. Qayta bunaqa xato qilinmasligi uchun!