Yangi Rossiya, yangi imkoniyatlar!

Rossiya prezidenti Vladimir Putin veb-saytlardan obro‘sizlantiruvchi maʼlumotlarni sud qarorisiz olib tashlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Qaror prokuratura tomonidan jabrlanuvchining (oddiy fuqaro) bayonoti asosida qabul qilinadi.

Yangi qonunga binoan, fuqaroning arizasi va prokuratura qarori asosida sayt tuhmat qilingan maʼlumotni olib tashlashi kerak. Aks holda, sahifa Roskomnadzor tomonidan bloklanishi mumkin.

Agar biron bir veb-saytda siz haqingizda biror narsa (nojo‘ya) yozilgan  bo‘lsa va uni olib tashlamoqchi bo‘lsangiz, prokuraturaga ariza yozishingiz va chop etilgan maʼlumotlar sizning shaʼningiz va qadr-qimmatingizni kamsitishi yoki sizning obro‘ingizga putur yetkazishi va ayblov bilan bog‘liqligini hujjatlar bilan tasdiqlashingiz kerak.

Prokuratura ariza va dalillarni 10 kun davomida tekshiradi, so‘ngra xulosa chiqaradi. Bundan tashqari, besh kun ichida Rossiya Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari viloyat prokuraturasi qarorining haqiqiyligini tekshiradi. Agar arizda keltirilgan maʼlumotlar o‘z tasdig‘ini topsa, u maʼlumotlarni Roskomnadzorga o‘chirib tashlashni so‘rab murojaat qiladi.

Bu yerda tuhmat, kamsitishlar va faol fuqarolarning biror bir qo‘lidan ish kelmaydigan rahbarning faoliyatiga bo‘lgan munosabatlari o‘rtasidagi nozik chegarani qanday mutaxassislar aniqlashi haqida maʼlumotlar keltirilmagan.

Rossiyada qabul qilingan mazkur INNOVATSION qonunni qaysi mamlakat ETALON sifatida qabul qiladi, kuzatamiz!