Turkmanistonda tezkorlik bilan zaxiradagi harbiy xizmatchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda

Afg‘oniston shimolida, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan chegaradosh mintaqalarda keskin vaziyat saqlanib qolmoqda. Tolibonning o‘z chegaralari yaqinidagi jangovar harakatlari bilan bog‘liq holda, Turkmaniston ularga qarshi xar ehtimol bilan qo‘shin tayinlamoqda.

“TX” nashrining maʼlumotiga ko‘ra, endi harbiy ro‘yxatga olish va chaqirish komissiyalariga harbiy xizmatdan vaqtincha yoki doimiy ravishda ozod qilingan shaxslar uchun navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tish topshirilgan. Komissiyalar armiyadan asossiz ravishda kechiktirilgan yoki ozod qilingan odamlarni topishi kerak.

So‘nggi ikki kun ichida qishloq xo‘jaligi birlashmalarining arxinliklari (sobiq qishloq Kengashlari) zudlik bilan bo‘ysunuvchi qishloqlar va posyolkalarning hududlarida yashovchi harbiy xizmat uchun javobgar shaxslarning ro‘yxatlarini taqdim etish topshirilgan edi. Mazkur tartibdagi ishlar shaharlarda fuqarolarni ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish (sobiq pasport idoralari) bo‘yicha ichki ishlar bo‘limlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

So‘nggi yillarda noqonuniy ravishda ko‘plab erkaklar mamlakatni tark etgan bo‘lib, hujjatlarga ko‘ra ular hali ham Turkmanistonda yashayotgan xisoblanadi.

 Ashxabodda 40 yoshgacha bo‘lgan zaxiradagi harbiylar harbiy komissarlikka chaqirilganligi ham aytilmoqda. Zaxiradagi harbiy xizmatchilar ro‘yxatlari Lebap viloyatida ham tayyorlanmoqda, u yerda harbiy komissarliklar xodimlari kuchaytirilgan rejimda ishlaydi.

Bundan tashqari, XT nashri haftada uch kunlik Ichki ishlar vazirligining viloyat bo‘limlari shaxsiy tarkibi uchun harbiy tayyorgarlik, jumladan avtomat quroldan o‘q otish bo‘yicha mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tilayotgani haqida xabar bermoqda.

Harbiy ro‘yxatga olish komissiyalari harbiy xizmatga masʼul bo‘lganlar uchun to‘rt haftalik harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishga tayyorlanmoqda.

Kerkichi mintaqasida (Lebap viloyat) yaqin harbiy qismning askarlari og‘ir harbiy texnikani tashish uchun Amudaryo bo‘ylab ponton ko‘prik qurishdi. Shu bilan birga, xodimlarni tashish uchun chodirlar va 40 ga yaqin yuk mashinalari olib kelingan.