JSST: Shimoliy Koreyada hali ham koronavirus yo‘q

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bildirishicha, Shimoliy Koreyada hali ham koronavirus yo‘q. Taʼkidlanishicha, yaqinda tekshirilgan 718 fuqarodan 127 kishi simptomlari grippga o‘xshash kasallik yoki tumov (ORVI) bilan kasal bo‘lib chiqdi.

Avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In respublika sog‘liqni saqlash sohasida “xalq va mamlakat xavfsizligiga tahdid” tug‘dirgan “jiddiy hodisa” haqida aytgandi.

May oyida KXDR koronavirusni – Janubiy Koreyadan kelgan varaqalar orqali yuqtirish mumkinligini eʼlon qildi. Shuningdek, mamlakat rasmiylari go‘yoki boshqa mamlakatlardagi vaksinalar koronavirus tarqalishining oldini olishda samaradorligini ko‘rsatmayotganidan xavotirda edilar, shuning uchun respublika aholisi profilaktika choralariga jiddiy eʼtibor qaratishlari bot bot eslatilmoqda.