Singapur: Dunyo yangi pandemiyaga tayyorlanishi kerak

JSST tayyorgarlik uchun “yaxshiroq va ishonchli moliyalashtirish”ni, shuningdek Jahon Banki va XVF kabi ko‘p tomonlama institutlarni jalb qilishni o‘z ichiga olishi kerak. Minimal yillik byudjeti 10 milliard dollarni tashkil etadigan yangi global fondni yaratish kerak, dedi Singapur katta vaziri Tarman Shanmugaratnam.

Keyingi global pandemiya har qanday lahzada yuz berishi mumkin, dunyo hozirdanoq unga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashi kerak, deydi Singapur katta vaziri Tarman Shanmugaratnam. “Biz keyingi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashdan oldin СОVID-19 ni tugashini kutishimiz shart emas, chunki u har qanday daqiqada kelishi mumkin”, dedi u CNBC telekanaliga bergan intervyusida. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uchun “yaxshiroq va ishonchli moliyalashtirish” hamda Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi kabi ko‘p qirrali institutlarni jalb qilish tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi, dedi u.  

Singapur vaziri global “pandemiya”ga qarshi xalqaro javob choralari bo‘linib ketgan va “mablag‘ yetarli emas” deb hisoblaydi. Uning fikriga ko‘ra, ushbu bo‘shliqni to‘ldirish uchun eng kam yillik byudjeti 10 milliard AQSH dollarini tashkil etadigan yangi global fondni yaratish zarur.

«Kelajakdagi pandemiya xavfi haqiqatdir. Dunyo yuqumli kasalliklarning tez-tez tarqalishining aniq xavfiga duch kelmoqda. Hozirgi pandemiya tajriba ortirish va sinov sifatida qabul qilib keyingi jarayonga qattiq tayyorgarlik ko‘rish kerak. Bu istalgan vaqtda, yaqin o‘n yillikda yoki hatto keyingi yilda kelishi mumkin bo‘lgan va inson xavfsizligiga yana-da jiddiy zarar yetkazadigan pandemiya bo‘lishi mumkin», deyiladi xabarda.