Tolibon Erdo‘g‘anga tahdid qila boshladi

Tolibon, agar ular Afg‘onistonda qolsa, Turkiya kuchlariga hujum qilishlarini aytdi.

Tolibon harakati “Hududda har qanday bahona bilan faoliyat olib borayotgan xorijiy qo‘shinlarni Afg‘onistonda bo‘lishini ishg‘ol deb biladi va ularga qarshi kurashadi”. Tolibon Turkiyani har ikki mamlakat musulmon xalqlari o‘rtasida muammolar tug‘diradigan “yechimdan” voz kechishga chaqirdi.

Anqaraning Tolibon bilan parda ortida muzokara o‘tkazishga urinishlari natija bermadi, Qobul esa Turkiya missiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Tolibon delegatsiyasi Istanbulga emas, Tehron va Moskvaga yo‘l oldi. Bu shuni anglatadiki, Tolibon afg‘on kuchlari bilan G‘arb xohlagandek muzokara olib bormaydi. Shu bois, Anqara Afg‘onistonda qolish orqali AQSh bilan muammolarini hal qilishga erisha olmaydi.

Turkiya va AQSh o‘rtasida o‘tkazilgan bir necha muzokaralarga qaramay, “hali yakuniy kelishuvga erishishning imkoni bo‘lmadi”.

Ammo Rossiya va Tolibon toliblar Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarini buzmasligiga kelishib oldilar; Afg‘onistondagi xorijiy diplomatik vakolatxonalar xavfsizligini kafolatlash; muzokaralar orqali tinchlikka erishish; IShIDga qarshi kurashadi va giyohvand moddalar ishlab chiqarishni yo‘q qiladi. Moskva, o‘z navbatida, Qo‘shma Shtatlarni Afg‘onistondan qo‘shni mamlakatlarga qo‘shinlarini o‘tkazib yubormasligini taʼminlaydi.

Endi Putin va Bayden AQShning hududdan chiqib ketishi oqibatlari haqida kelishib olishi kerak. Afg‘onistonda yangi “katta o‘yin” boshlanmoqda.