MDHda birinchimiz

Rossiyadagi MDH mamlakatlaridan kelgan mehnat muhojirlari ichida o‘z VATANiga Rossiyadan eng ko‘p pul yuborganlar bizning yurtdagilar bo‘lgan.

Rossiya Banki tomonidan eʼlon qilingan maʼulmotlarga ko‘ra, barcha mamlakatlar orasida faqat O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari ko‘rsatkichi o‘sgan.

Pul o‘tkazishlar ko‘rsatkichining eng katta pasayishi Turkmanistonga to‘g‘ri kelgan. Moldovada esa deyarli ikki baravar kamaygan. Tojikiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Ukrainaga – uchdan birga qisqargan.

Armaniston va Belorussiyaga o‘tkazmalar deyarli bir xil darajada qolgan.

P.S. yana bir marotaba eslatamiz bizning xalq mehnatkash! Bizga ish bering!