Ashxobodda Turkmaniston, Turkiya va Ozarbayjon prezidentlari uchrashadi

Turkmaniston televideniyesining xabar berishicha, sammit avgust oyida bo‘lib o‘tadi. Turkmaniston, Ozarbayjon va Turkiya prezidentlarining uchrashuvi 2015 yildan beri turli sabablarga ko‘ra qoldirilayotgan edi.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining konsultativ uchrashuvi rejalashtirilgan.

Birinchi uchrashuv 2018 yilda Nur-Sultonda, ikkinchisi 2019 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.