Xiaomi jahon smartfonlari bozorida Apple kompaniyasini ortda qoldirdi

Canalys analitik kompaniyasi joriy yilning ikkinchi choragida jahon smartfon bozorining holati to‘g‘risida (tahririyatda mavjud) maʼlumotlarni eʼlon qildi. Canalys maʼlumotlariga ko‘ra, Xiaomi birinchi marta Apple-ni ortda qoldirdi.

Kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra:

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi 19 foiz ulush bilan birinchi o‘rinda qoldi (o‘sish – o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foiz)

ikkinchi o‘rinni Xitoyning Xiaomi egalladi (birinchi marta), bozordagi ulushi 17% va yillik o‘sishi 83%

Apple uchinchi o‘ringa bozorning 14% va o‘sishi atigi 1% bilan ko‘tarildi

to‘rtinchi o‘rinni Xitoyning Oppo ishlab chiqaruvchisi egallab turibdi, unda 10 foiz bozor ulushi va 28 foiz o‘sish qayt etildi

beshinchi o‘rinni Xitoyning Vivo kompaniyasi egalladi, 10 foiz bozor ulushi va 27 foiz o‘sish ko‘rsatkichi bilan.