Turkmaniston Shinjon va Gonkong masalalarida Xitoyning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

Yaqinda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining sessiyasida Ashxobod o‘z tarafdorligini ochiq eʼlon qildi va ushbu bayonotdan so‘ng darhol xitoylik diplomatni qabul qildi.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yi turkmanistonlik hamkasbi bilan uchrashganda, “hozirgi vaqtdagi sodir bo‘layotgan umumiy chaqiriqlar va tahdidlarga qarshi kurashishda tashqi siyosiy muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarurligi” borasidagi fikrlar muhokama qilingan. Turkmanistonning rasmiy ommaviy axborot vositalari diplomatlarning qanday “umumiy tahdidlar” muhokama qilgani, shuningdek, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalasiga aniqlik kiritmagan.

Xitoy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Pekin Afg‘oniston bilan bog‘liq masalalarda Turkmaniston bilan hamkorlik qilish uchun “har qanday anʼanaviy va noanʼanaviy xavfsizlik yordamini” ko‘rsatishga tayyor.

Yopiq eshiklar ortida Ashxobod va Pekin o‘rtasida erishilgan kelishuvlar tafsilotlari sir bo‘lib qolmoqda. “Anʼanaviy va noanʼanaviy qo‘llab-quvvatlash” degani nimani anglatishini aytish qiyin. Bu mamlakatlarning razvedka xizmatlari o‘rtasida maʼlumot almashish, harbiy tayyorgarlik, qurol-yarog‘ yetkazib berishdan iborat bo‘lishi mumkin …

Masalan, avvalroq Xitoy Afg‘oniston bilan chegaradosh mintaqalarda Tojikiston uchun harbiy postlar qurgan.