Google shaxsiy audio yangiliklarini joriy etmoqda

Endi har bir foydalanuvchi o‘z qiziqishlariga moslab yangiliklar radiosini tinglashi mumkin bo‘ladi. Har bir to‘plam 90 daqiqa davom etadi va xuddi haqiqiy radioeshittirish singari turli qismlardan iborat bo‘ladi.

Maqsad uzluksiz translyatsiyani yaratish – radio, podkast parchalari va matndan nutqqa aralashtirish. Bularning barchasi maqsadli auditoriyaning yaʼni bir kishidan iborat afzalliklarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Mazkur loyiha juda samarali bo‘lib, barcha qatlamni qoplab olishi hamda katta mablag‘ talab etmasligi bois tez orada ommabopligi oshib boradi.