Qirg‘iziston alkogol va sigaretlarga monopoliyani joriy qilmoqda

Vazirlar Mahkamasi Qirg‘izistonda alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, muomalaga chiqarish va sotish bo‘yicha davlat monopoliyasini joriy qilmoqda. Bu haqda deputat Dastan Bekeshev maʼlum qildi.

Unga ko‘ra, tegishli qonun loyihasi bugun Jo‘qorg‘i Kenges muhokamasiga kiritilgan. Biroq, hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tmagan.