Shoygu: AQSh va NATOning Afg‘onistondagi missiyasi muvaffaqiyatsiz tugadi

Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlarning mudofaa vazirlari yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Qisqacha:

🟠 Amerika Qo‘shma Shtatlari va Tolibon o‘rtasidagi kelishuvlar bajarilmayapti, Afg‘onistondagi ahvol yomonlashmoqda va Qobul nazoratidan chiqib ketdi.

🟠 IShID jangarilari Afg‘onistonning qo‘shni davlatlariga kirib kelish xavfi mavjud.

🟠 Afg‘oniston Tojikiston xavfsizligiga tahdid solgan taqdirda, Rossiyaning 201-bazasi mamlakatga barcha kerakli yordamlarni taqdim etadi.

🟠 Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyoda o‘z harbiy infratuzilmasini yaratish bilan ko‘proq shug‘ullanmoqda – bu yana-da beqarorlikni keltirib chiqaradi.