“Guliston hujjati”

2021 yil 1 iyulda Guliston shahrida “Prezident saylovining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya materiallari nashrga tayyorlanmoqda.

Ushbu to‘plamga mazkur xalqaro konferensiyada taqdim qilingan maʼruzalar, tezislar, konferensiya yakuni bo‘yicha qabul qilingan “Guliston hujjati” hamda saylovlarga oid xalqaro huquqiy hujjatlardan va milliy qonunchilikdan namunalar kiritilgan.

Mazkur to‘plamda quyidagi yo‘nalishlardagi materiallar jamlangan:

Yangi O‘zbekiston saylov qonunchiligi rivojlanishining “uch bosqichi” – alohida saylov qonunlaridan Saylov kodeksiga o‘tishni (saylov qonunchiligini kodifikatsiya qilish), barcha darajadagi saylov komissiyalari faoliyatining mustaqilligini taʼminlab, milliy saylov qonunchiligi va amaliyotining umum qabul qilingan xalqaro demokratik tamoyillarga muvofiqligi va uzviyligini taʼminlaydigan adolatli saylovlar uchun huquqiy sharoitlarni shakllantirish va takomillashtirishni bo‘yicha takliflar;

O‘zbekistonning saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda xalqaro tashkilotlar hamkorligiga oid tahliliy maqolalar;

YEXHT DIIHB Missiyasining 2019 yilda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarni kuzatish natijalari bo‘yicha bergan 21 ta tavsiyalarini inobatga olgan holda Saylov kodeksiga, qator qonunlarga, Markaziy saylov komissiyasining normalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi bo‘yicha maʼlumotlar;

Raqamli transformatsiya sharoitida saylov jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish va ularni huquqiy tartibga solishni yana-da kengaytirish zarurati paydo bo‘lishi bilan bog‘liq turli yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tajribalar;

Fuqarolar saylov huquqlarini sud va suddan tashqari himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish borasidagi maqolalar;

Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish borasida taklif va mulohazalar;

Pandemiya sharoitida yaʼni favqulodda holat davrida saylovlar o‘tkazilishiga bag‘ishlangan hisobotlar kiritilgan.

To‘plam keng doiradagi soha mutaxassislari va tadqiqotchilarga mo‘ljallangan.