Markaziy Osiyo davlatlari harbiy qudrati haqida

Global Firepower harbiy qudrat darajasi nuqtai nazaridan jahon mamlakatlari reytingini eʼlon qildi. Eʼtiboringizga Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha maʼlumotni taqdim etamiz.

O‘zbekiston armiyasi mintaqada birinchi va jahon reytingida 51-o‘rinda. Mintaqada 2-o‘rindagi Qozog‘iston Jahon reytingida 61-o‘rinni egallagan. Siyosiy neytralitetni eʼlon qilgan Turkmaniston harbiy kuch bo‘yicha mintaqada uchinchi mamlakat deb eʼtirof etilgan.

Shunisi eʼtiborga loyiq, reytingda harbiy sohaga ko‘proq mablag‘ ajratayotgan Tojikiston 99-o‘rinni egallab turibdi. Qo‘shnisidan 4 marta kamroq mablag‘ ajratgan Qirg‘iziston reytingda 93-o‘rinda.

Shubhasiz, Global Firepower reytingida boshqa harbiy omillar ham muhim rol o‘ynaydi.