Bolalardagi koronavirusdan so‘ng kechadigan oqibatlar

Rospotrebnadzor markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining tadqiqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir-aʼzosi Aleksandr Gorelov RIA Novosti nashriga bergan intervyusida koronavirusdan keyin bolalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, kasallik odatda bolalarda engilroq kechadi. Biroq,  kasallanganlarning 30 foizida turli kasallik asoratlari rivojlanishi mumkin. Ular orasida – yurak, buyraklar, ichki sekretsiya bezlari, miya va oshqozon-ichak traktining shikastlanishi kabilar kuzatilishi mumkin. Gorelov taʼkidlashicha, ortiqcha vaznga ega bolalarda bunday asoratlar xavfi yuqori bo‘ladi.

Mutaxassis, shuningdek, koronavirusga chalingan bolalarning aksariyati 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar ekanligi aytilgan. Bu ushbu yosh toifasi vakillari ko‘proq ijtimoiy faol va harakatchan ekanligi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Avvalroq bolalar va o‘spirinlarda koronavirus o‘rta va kichik arteriyalar taʼsir qiladigan Kavasaki sindromini keltirib chiqarishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.