Afg‘oniston va uning atrofidagi asosiy voqealar 24 soat ichida:

⚫️ Bugun Afg‘onistonda Milliy bayroq kuni.

⚫️ Toliblar chegaradagi Hilmand provinsiyasining markazi hisoblangan Lashkargox shahri beshinchi okrugini o‘z nazoratiga oldi. Hozirgacha ular bironta viloyat markazini egallamaganligini hisobga olsak, bu ularning eng katta yutug‘i.

🟠 Afg‘onistondagi kamida 18 million inson jiddiy gumanitar muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibining maxsus vakili, BMTning Afg‘onistondagi yordam missiyasi (UNAMA) rahbari Debora Liyon aytib o‘tdi.

⚫️ Qo‘shma Shtatlar, Afg‘onistonni tark etish jarayonida Markaziy Osiyo mintaqasida o‘z o‘rnini egallashga intilmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu chorshanba kuni Dushanbeda jurnalistlarga aytib o‘tdi.

🟠 Hukumat kuchlari Kunar viloyatida Pomir nomi bilan tanilgan Qizil Tolibon bo‘linmasi qo‘mondonlaridan birini yo‘q qildi.

⚫️ Shanxay Hamkorlik Tashkiloti mamlakatlari mudofaa vazirlari Afg‘onistondan xorijiy kontingentlar chiqarilgandan so‘ng mintaqada terroristik faollikning o‘sishiga qarshi harakat qilish zarurligini eʼlon qilishdi.

🟠 Afg‘oniston Taʼlim vazirligi tomonidan universitetlarda o‘qishni tiklash bo‘yicha berilgan eʼlondan so‘ng talabalarni koronavirusga qarshi emlash kampaniyasi boshlandi.

⚫️ 100ga yaqin o‘ta xavfli deb topilgan toliblar Mozori Sharifdagi qamoqxonadan Qobuldagi qamoqxonaga ko‘chirildi.

🟠 Afg‘oniston Prezidentining siyosiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Mohakekning Feysbukda yozishicha, kuni kecha Toliblar Samangan viloyati, Dara-i-So‘fiy mintaqasida uchta hazoralikni (shialar jamoasi vakili) hibsga olib, otib tashlagan. U BMTni mazkur ishni ko‘rib chiqishga va Tolibonni javobgarlikka tortishga chaqirdi.