Ashxabodda suv tanqisligi tufayli 30 nafardan ziyod masʼullar hibsga olindi

Ashxabodda suv tanqisligi: uy-joy kommunal xizmatining boshlig‘i hibsga olingan, aholi suvni yong‘in o‘chirish moshinalaridan olmoqda, deb xabar bermoqda “XT” internet nashri.

Amaldorning ixtiyorida uyni boshqarish, tozalash, obodonlashtirish va shaharni suv bilan taʼminlash uchun ajratilgan barcha moliyaviy resurslar bor edi.

Ushbu mablag‘larning aksariyati maqsadga muvofiq sarflanmagan. Quvurlar va nasoslarni taʼmirlash yoki almashtirish, yerto‘lalar va kiraverishlarni taʼmirlash va boshqa kommunal ehtiyojlar uchun pul hududdagi uy egalaridan undirilgan.

Ashxoboddan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, Anev dachalari hududida qishloq xo‘jaligi yerlari va chorva mollari topilgan. U yerda kommunal xizmatining boshlig‘iga bo‘ysunadigan tashkilotlarda rasman ro‘yxatga olingan odamlar ishlagan. Tergov davomida mansabdor shaxsga tegishli bo‘lgan bir nechta uy va kvartiralar ham aniqlangan.

Kommunal xizmatining boshlig‘i bilan birga 30 nafardan ziyod kishi hibsga olingan. Ulardan biri, uning shaxsiy haydovchisi so‘roqdan so‘ng vafot etgan.

Ayni paytda poytaxtda hamon suv muntazam ravishda uzib qo‘yiladi.

Vaqti-vaqti bilan shahar hokimiyati suv taʼminoti o‘chirilgan uylarga suv olib bormoqda.