Narxi qancha deputatlikni ayting

Zamonaviy dunyoda deyarli hamma narsa sotib olinadi va sotiladi. Deputat mandatlari va kuch ishlatar tuzilmalardagi lavozimlar bundan mustasno emas. Asosiy savol, narxi qancha va nima uchun?

Rossiyadagi hech bir siyosiy saylov ro‘yxatlaridagi joylarni sotganligi haqida aytmaydi, lekin bu doimiy amaliyot. Narxlar mintaqaning boyligi va siyosiy kuchlar reytingiga qarab o‘zgaradi. Mintaqaviy saylovlarda qatnashish federal saylovlarda qatnashishdan ko‘ra kamroq mablag‘ talab qilinadi.

Mintaqaviy qonun chiqaruvchi joydagi “kursi” narxi 100 mingdan 500 ming dollargacha yetadi. Davlat Dumasining deputatlik mandati narxi bir million dollardan boshlanadi. Davlat Dumasi deputati – bu lavozim yoki martaba pog‘onasidagi qadam emas, balki muvaffaqiyat ko‘rsatkichi, maqomdir. Daxlsizlik, Moskva markazidagi kvartira, haydovchisi bo‘lgan rasmiy mashina, Oxotniy Ryaddagi ofis – rossiyalik soliq to‘lovchilar qonun chiqaruvchi sohada ishlayotgan “xalq xizmatchilariga” saxiylik va hamdardlik bilan munosabatda bo‘lishadi.

Albatta, Davlat Dumasidagi joy uchun mablag‘ ko‘chmas mulk yoki mashina, oyiga 400 ming rubl miqdorida ish haqqi uchun ham emasdir. Yo‘q. Saylanganlarning asosiy maqsadi – o‘z manfaatlarini yoki deputatni ilgari surishda ishtirok etgan bir guruh odamlarning manfaatlarini himoya qilishdir.

Shu sababdan, mazkur mahsulotni (deputatlik kursini) sotib oluvchilarning hech biri, uning qonuniy faoliyati va siyosiy kurashi, aslida, tovar-pul munosabatlarining predmeti ekanligini tan olmaydi.

Partiyalarga bu nimaga kerak?

Javob sirtda yotadi. Partiya o‘z jamoasiga katta sarmoya va itoatkor deputatni qabul qiladi. Partiya xazinasida hech qachon ortiqcha pul bo‘lmaydi, rasmiy xarajatlar partiyaning rasmiy moliyaviy hisoboti bilan qatʼiy tartibga solinadi. Bunday sarmoyalar esa juda maʼquldir.

Buning ortidan odatda keyingi bosqich boshlanadi: kerakli “yog‘li” qo‘mita aʼzosiga aylanish. Asosiy mo‘ljal – yer, transport, byudjet va shunga o‘xshash qo‘mitalar. Siyosatshunos S.Belkovskiyning fikricha, agar reytingi yuqori partiyadagi o‘tish joyi haqida gapiradigan bo‘lsak, bunday mandatning narxi 10 million dollargacha chiqishi mumkin. Tabiiyki, bularning barchasi to‘g‘ridan -to‘g‘ri amalga oshirilmaydi, Sarmoya mustaqil xazinachiga topshiriladi, u esa keyinchalik mablag‘ni tarqatadi va vositachilik uchun o‘z foizini olib qoladi. Bu turdagi har qanday sotuvlarda shunday xazinachilardan foydalaniladi, chunki agar vaziyat qo‘ldan chiqib ketsa, partiya rahbariyati doim bu masalani bilmasligini aytib, uni bir guruh shaxslarni shaxsiy tashabbusi sifatida ko‘rsatishi mumkin.

O‘rta biznesda lobbist va manfaatlarni ilgari surishga talab katta bo‘lsada, katta biznes o‘z muammolarini boshqacha hal qiladi. Lobbistlik rasmiy ravishda Rossiya Federatsiyasida mavjud emas, shuning uchun bu masalalar partiyalarga yaqin odamlar, alohida deputatlar va yuqori mansabdor shaxslar orqali hal qilinadi.

Mahsulot yuzi

Ushbu bitimda xaridor har qanday rossiyalik uchun eng muhim va orzu qilingan narsa – “maqom”ni sotib oladi. Bu nafaqat ijtimoiy zinapoyaning maʼlum bir pog‘onasi. Bu ham foydali ham xarid, ham investitsiya. Maqomga sarmoya kiritib, daxlsizlik huquqiga ega bo‘lgan holda, yangi deputatlar kerakli qarorlar va qonun loyihalarini “ilgari surish” imkoniyatiga ega bo‘ladilar, ular har qanday organga deputatlik so‘rovlarini yuborish, shu bilan birga shaxsiy yoki manfaatdor bo‘lgan biznesini “yashil chiroq” bilan taʼminlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aksariyat vaziyatda soliq deklaratsiyasiga ko‘ra, ularning oila aʼzolarining umumiy daromadi ko‘pincha Davlat Dumasi deputati ish haqqidan bir necha baravar ko‘pdir.

Kimning pullari sarflanyapti, degan savol tug‘iladi. Albatta, millionlab dollar balki, undanda ko‘pini siyosiy karyerasiga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan boylar bor. Bu tabiiy jarayon, chunki inson uchun o‘zidan ko‘ra yaqinroq va ishonchli kimsa yo‘q.

Masalan, “Algoritm” kompaniyasining egasi Aleksandr Tiger “Yedinaya Rossiya”ga 5 million rubl xayriya qildi va baxtli tasodif natijasida u darhol Barnaul shahar dumasi deputatiga aylandi. Arxangelsk shahar dumasi deputati bir million rubl sarmoya kiritdi va uning “Sevzapdorstroy” kompaniyasi davlat xaridlaridan 1,6 milliard rublga yaqin daromad oldi.

Ammo, shunday vaziyatlar borki, bu yo‘lda bunday sarmoyalarni to‘lashga qodir bo‘lmagan istiqbolli yosh isteʼdodni qo‘llab -quvvatlash qulayroq. Bunday inson hamma narsaga standart yo‘llar bilan erishmoqchi bo‘lsa, uning hokimiyatga kelish bo‘yicha tashkil etiladigan kampaniyasi umrbod davom etishi va noaniq natijaga olib kelishi mumkin. Mana shu yerda har doim iqtidorli va istiqbolli nomzodlarni moddiy jihatdan qo‘llab -quvvatlashga tayyor bo‘lgan xayriyachilar yordamga keladilar. Buning evaziga ular mamlakatning oliy qonun chiqaruvchi organida o‘z odamiga ega bo‘ladilar.

Oldi-sotdi.

Yer yuzining sakkizdan bir qismidagi eng badavlat odamlar, “oligarxlar” deb ataladiganlar, o‘z mablag‘larini aniq odamlarga emas, balki partiyalarga sarmoya kiritib, ovozlarni “ommaviy” sotib olishadi. Katta biznes vakillariga yakka deputatlar emas, umuman partiyalar va albatta nufuzli partiyalar kerak.

Rossiya Federatsiyasiyadagi hukmron partiya, “Yedinaya Rossiya”, 2016 yildagi oldingi saylovlarda 29 kompaniyadan 43 mln rubldan qabul qilgan. Partiyalarni byudjetdan moliyalashtirilishidan tashqari, har qanday yuridik shaxslardan sarmoya qabul qilish imkoniyatiga ega. Faqat 43 million rubl – bu sarmoyaning eng katta miqdori hisoblangan.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, saylovlar o‘tkazildi va 2017 yilning o‘zida “Yedinaya Rossiya” ga 4 million rubldan ortiq miqdorda homiylik qilgan kompaniyalarining yarmi tenderlarda g‘olib chiqdi va davlat shartnomalarini oldi. Barcha aqlli sxemalar singari oddiy sxema ishlaydi: kompaniya o‘z foydasidan siyosiy kuchga homiylik qiladi, siyosiy kuch esa bu tashkilotga davlat shartnomasini olishini va davlat mablag‘larini taqsimlanishini taʼminlaydi, kompaniya foyda ko‘radi. Ular yana siyosiy kuchga homiylik qiladilar, siyosiy kuch yana davlat shartnomasini (soliq to‘lovchilar pulidan) taqdim etadi. Natijada, hamma baxtli: siyosiy kuch rozi, homiylik qilayotgan korxona pul oladi, xalqqa esa xo‘rozqand beriladi.

Bu juda foydali sxema. Masalan, “Yedinaya Rossiya” partiyasining eng yirik mintaqaviy donori “Novosibirskavtodor” partiyaga 8 million rubl xayriya qildi va davlatdan 75 milliard rubldan ortiq shartnomalar oldi. “Yedinaya Rossiya” partiyasining Moskva bo‘limi homiysi AO “Misk” kompaniyasi 125 million rubl o‘tkazdi va natijada davlat xaridlaridan 26,3 milliard rubl daromad oldi. Ilgari soliq to‘lovchilarga tegishli bo‘lgan bu pullarning bir qismi yana “Yagona Rossiya” homiyligiga sarflanadi, siyosiy kuchga yana ovoz beriladi, hukumat zarur qarorlarini qabul qiladi va vaziyat yana takrorlanadi.

Xulosa qilib shuni taʼkidlash mumkinki, lobbistlik instituti rasman mavjud bo‘lmaguncha, bu holat cheksiz davom etadi. lobbistlik deyarli har qanday siyosiy faoliyatni moliyalashtirishning asosiy nuqtasidir. Bularning barchasi “ko‘rinmas sxemalar”dan olib tashlanmaguncha, yagona qurbon har doim faqatgina soliq to‘lovchining cho‘ntagi bo‘lib qoladi, uning hisobidan butun jarayon to‘lanadi.

Bundan avvalroq Qirg‘izistondagi deputatlik mandatlarini sotib olish to‘g‘risidagi maʼlumotlarni saytimizda berib o‘tilgan edi.