Vaksina olgan Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari

Mintaqada birinchi bo‘lib Qozog‘iston prezidenti joriy yili 21 kunlik interval bilan 6 aprelda hamda 27 aprelda to‘liq vaksinatsiyadan o‘tganligi maʼlum qilingan edi.

So‘ng Qirg‘iziston prezidenti S.Japarov 23 iyul kuni to‘liq vaksinatsiyadan o‘tganini eʼlon qildi.

2 avgust kuni esa prezident matbuot kotibi Sh.Asadovning maʼlum qilishicha davlatimiz rahbari to‘liq vaksinatsiyadan o‘tgan.

3 avgust kuni esa Tojikiston prezidentining vaksina qabul qilgani maʼlum bo‘ldi. Biroq, nechinchi bosqichligiga aniqlik kiritilmagan.