Sil kasalligi bo‘yicha qanday muammolar mavjud?

Dunyo aholisining qariyb uchdan bir qismi sil kasalligi bakteriyasi bilan kasallangan. Infeksiyalangan odamlarning ozgina qismi kasallikka chalinadi. Immuniteti zaif odamlarda sil kasalligi rivojlanish xavfi yuqori. OIV bilan kasallangan odamda faol silga chalinish ehtimoli taxminan 26-31 baravar yuqori bo‘lar ekan.

2030 yilgi Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan maqsadlardan biri global sil epidemiyasini tugatishga qaratilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va 2014 yilda Butunjahon sog‘liqni saqlash assambleyasi tomonidan tasdiqlangan “Silga qarshi kurash strategiyasi” 2030 yilga borib sil kasalligi o‘limini 90 foizga, sil kasalligini esa 2015 yilga nisbatan 80 foizga kamaytirishni talab qiladi.

JSSTning yangi maʼlumotlari shuni ko‘rsatadiki, sil kasalligining global muammosi oldindan taxmin qilinganidan kattaroqdir. Keyingi 15 yil ichida silga qarshi kurash strategiyasining maqsadlariga erishish uchun mamlakatlar silni oldini olish, aniqlash va davolash bo‘yicha harakatlarni kuchaytirishlari kerak.

Shu bois, mamlakatimizdagi holat qanday, mazkur yo‘nalish bo‘yicha kasallikni oldini olish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘rilmoqda? Pandemiya sabab shundoq ham o‘pka bilan bog‘liq kasalliklar ko‘payib borayotgan vaqtda aniq tashxisi bor bemorlar bilan ishlash qanday kechmoqda? Mazkur yo‘nalishlarda yana qanday savollar bor? bizga yo‘llang, tahririyat jamoasi imkon qadar mutaxassislardan savollaringizga aniqlik kiritib beradi.