Benzin narxi bo‘yicha O‘zbekiston MDHda nechanchi o‘rinda

Jahondagi narxlarni eʼlon qilib boruvchi globalpetrolprices.com nashri dunyo mamlakatlarida benzin bo‘lgan o‘rtacha narxlarni eʼlon qildi. Dunyo bo‘ylab o‘rtacha benzin narxi bir litr uchun 1,20 $ (AQSH dollari). Bu narxlarda turli mamlakatlar o‘rtasida sezilarli farq bor. Odatda boy mamlakatlarda narxlar yuqori, kambag‘al mamlakatlar va neft ishlab chiqaradigan va eksport qiladigan davlatlarda yoqilg‘i narxi ancha past.

Turli mamlakatlardagi narx farqi turli soliq va benzin uchun subsidiyalar bilan bog‘liq. Barcha mamlakatlar xalqaro bozorlarda bir xil neftni bir xil narxda xarid qilishlari mumkin, lekin mahsulot isteʼmolchiga yetguncha ular har xil soliqlar undirishadi. Natijada benzin narxi bir xil emas.

Taʼkidlash kerak, O‘zbekistonda eng hamyonbop bo‘lgan AI 80 rusumli yoqilg‘i narxi so‘ngi 1 yil ichida qariyb 50% ga (4000 so‘mdan 6000 so‘mga) qimmatlagan.

O‘zbekistonda benzin uchun optimal narx qanday bo‘lishi kerak deb hisoblaysiz?

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.