Nogironlik ko‘rsatkichi rivojlanmagan mamlakatlarda oshib bormoqda

Nogironlik – bu global sog‘liq muammosi – bu dunyodagi har yetti kishidan biriga taʼsir qiladi. Har bir kishi hayotning biron bir vaqtida nogironlikka duch kelishi mumkin.

Nogironlik ham inson huquqlari masalasidir – nogironlar dunyodagi eng kamsitilganlar qatoriga kiradi; ular tez -tez zo‘ravonlik, xurofot va yordam to‘siqlariga duch keladilar.

Nogironlik -rivojlanishning asosiy muammolaridan biri sifatida ko‘rishimiz mumkin. Bu rivojlanmagan mamlakatlarda ko‘proq uchraydi. Nogironlik va qashshoqlik bir-birini to‘ldiradi.

Nogironlik inson huquqlari muammosi ekanligini tan olib, nogironlarning huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya barcha nogironlar uchun inson huquqlarini himoya qilishga va hurmat qilishga yordam beradi.

Konvensiyaning maqsadi – kamsitilishlarga duch keladigan nogironlarning inson huquqlari taʼminlash va ularning jamiyatda ishtirok etishiga to‘sqinlik qiluvchi boshqa omillarni bartaraf etishdan iborat. Hozirgi kunda 170 dan ortiq mamlakatlar va mintaqaviy integratsion tashkilotlar Konvensiyani imzolagan, 130 dan ortiq mamlakat esa uni ratifikatsiya qilgan.

Bir milliarddan ziyod odam nogironlikning qaysidur ko‘rinishiga chalingan.

Dunyo aholisining 15% ga yaqini nogironlikdan aziyat chekadi. Bularga 93 millionga yaqin bolalar va 720 million kattalar kiradi, ular jiddiy fiziologik qiyinchiliklarga ega shaxslardir.

Mamlakatimizda ahvol qanday? Mazkur mavzuda alohida material tayyorlaymiz. Savollaringiz bo‘lsa yo‘llang!