O‘zbekiston jamoasi Olimpiya o‘yinlarida qanday natija qayd etdi?

Jami 5 ta medal (3 ta oltin, 2 ta bronza)

1.       Jahonda 32 o‘rin.

2.       Markaziy Osiyoda 1-o‘rin. Mazkur mintaqada O‘zbekistondan boshqa biror mamlakat sportchilari oltin medal olmadi. Qozog‘iston (jahonda 83 o‘rin) kumush medal ham olmadi. Tojikistonda umuman medal yo‘q.

3.       Turkiy tilli davlatlar orasida 1-o‘rin. Hatto Turkiya (jahonda 35 o‘rin) ham O‘zbekistondan orqada.

4.       MDH davlatlari orasida 1-o‘rin. MDH Olimpiya qo‘mitalari orasida esa 2-o‘rin. So‘ngi natijalar bo‘yicha 5 o‘rinni qo‘lga kiritgan Rossiya doping bilan bog‘liq mojarolar sababli davlat sifatida emas, Olimpiya qo‘mitasi sifatida qatnashdi.

5.       Osiyo davlatlari orasida 5-o‘rin. Bizdan oldinda Xitoy (jahonda 2 o‘rin), Yaponiya (jahonda 3 o‘rin), J.Koreya (jahonda 15 o‘rin) va Eron (jahonda 27 o‘rin).

Yomon emas albatta, Rio natijalari (4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 bronza) bilan solishtirib o‘tirmadik.

G‘alabalar muborak bo‘lsin.

t.me/davr24official