Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari qancha ishlab topdilar

Olimpiya o‘yinlari, havaskor sportchilar uchun jahondagi eng nufuzli musobaqa hisoblanadi. Har bir sportchi uchun orzu bo‘lgan mazkur musobaqadagi g‘alaba uchun XOK (xalqaro Olimpiya qo‘mitasi) hech qanday gonorar to‘lamaydi. Lekin, ularning o‘rniga bu ishni musobaqaga sportchilarni yuborgan davlatlar, shaxsiy yoki korporativ kompaniyalar amalga oshiradilar.

Biz milliy olimpiya qo‘mitalari va sport assotsiatsiyalari saytidagi maʼlumotlarni tahlil qilib, MDH mamlakatlardagi Olimpiya o‘yinlar g‘oliblari qancha mablag‘ ishlab topganlarini bilishga harakat qildik.

MDH mamlakatlari orasida eng katta mukofot pulini Rossiya vakillari emas, balki gruziyalik sportchilar oladilar 324 ming dollar (milliy valyutada 1 mln lari). Qozog‘iston, Ozarbayjon va Latviyadan bo‘lgan olimpiya chempionlari 250 ming dollar bilan mukofotlanadilar. O‘zbekiston 200 ming, Moldova 166 ming, Belarus 150 ming, Qirg‘iziston143 ming, Ukraina va Estoniya 125 ming, Litva 118 ming, Armaniston 50 ming va Tojikiston sportchilarga 26.2 ming dollar vaʼda qilgan.

Rossiyalik Olimpiada g‘oliblari esa MDHdagi sportchilardan biroz farqli o‘laroq 55 ming dollar (4 million rubl) bonusga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari ko‘p mamlakatlar Olimpiada medallari sovrindorlariga shohsupadagi joylariga qarab, yangi xonadonlar  va turli konfiguratsiyali avtoulovlar bilan taqdirlaydilar. Litvada hatto sakkizinchi o‘rinni egallagan sportchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar

O‘zbekiston hukumati Olimpiada g‘olibligini qo‘lga kiritgan sportchilarlar 0.4 ga yerda joylashgan 3 xona uy va maksimal komplektatsiyasi 83.5 ming AQSH dollari turadigan “CHEVROLET TAHOE” avtoulovini sovg‘a qildi.

Maʼlumot uchun, Olimpiada doirasida madhiyasi eng ko‘p yangragan AQSH vakillarining g‘oliblik uchun bonusi 37,5 ming dollar.