Internetda savdo qilayotganlarning barchasi nazorat qilinadi

Qirg‘iziston iqtisodiyot va moliya vaziri Internet orqali savdo qiladigan yoki xizmat ko‘rsatadigan tadbirkorlarni nazorat qilinishi aytmoqda.

Vazirning maʼlum qilishicha, hozirda bu segmentda taxminan 53 ming kishi faoliyat olib boradi. 11 ming nafar tadbirkor Soliq xizmatida ro‘yxatdan o‘tgan, lekin ulardan faqat 7-8 ming nafari soliq to‘lashi aniqlangan.

“Biz ularni kuzatib boramiz va nazorat qilamiz. Hech kim soliq to‘lamasdan ishlamasligi kerak. Bundan tashqari, stavkalar unchalik yuqori emas. Ammo ularning aksariyati soliq to‘lamaydi. Biz soliq to‘lovchilarimizni himoya qilamiz. Soliq to‘laydigan halol va ochiq ishlayotganlar davlatimiz va shaxsan prezident himoyasida bo‘ladi”, -dedi vazir.