Facebook O‘zbekiston hukumati talabiga binoan turli guruhlarni bloklashi mumkin

O‘zbekiston hukumati Facebook bilan maxfiy kelishuvga erishgan bo‘lib, ushbu ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston uchun nomaqbul bo‘lgan turli guruhlarni bloklaydi, deb xabar bermoqda “Regnum” axborot agentligi.

“O‘zbekiston hukumati Facebook-ga ushbu ijtimoiy tarmoq ishiga jiddiy to‘sqinlik qilishi mumkinligini isbotlagan xolda, taxminan olti oy avval, mamlakatdagi foydalanuvchilarni tarmoqqa kirish imkonini biroz cheklab qo‘ygan edi. Aynan mazkur xolat tufayli hozirgi kelishuvga erishilgan”.

Mazkur voqeani qisqacha ochiqlash mumkin: O‘zbekiston Facebook-dan o‘z serverlarini mamlakat hududida o‘rnatishni talab qilgan, biroq, “baʼzi muzokaralardan” so‘ng, tomonlar pul sarflamaslik va keraksiz noqulayliklar yaratmaslik uchun Facebook bilan kelishib olgan.

“Sahifalar va guruhlarni blokirovka qilish uchun Facebook maxsus mexanizm ishlab chiqdi – qonunbuzarliklar to‘g‘risida ommaviy ogohlantirishlar O‘zbekiston hukumati ko‘rsatgan resurs maʼmurlariga yuboriladi. Bu vaziyatda, hech qanday qonunbuzarliklar yo‘q, faqatgina yuqorida aytib o‘tilganidek javobgar resurslarni blokirovka qilish oldidan yaratilgan maxsus mexanizm ishlashi uchun vakolat. Oxir oqibat bir muncha vaqt o‘tgach, guruhlar baribir bloklanadi”, – deyilmoqda xabarda.