Rossiya kosmik loyihada Tojikiston bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda

Rossiyaning kosmik loyihasida Tojikistonning tog‘li rasadxonalaridan foydalanishi mumkin.

Bu haqda “Roskosmos” rahbari D.Rogozin Twitter-da maʼlum qildi.

“Somon yo‘li” loyihasi Yerga yaqin kosmosdagi xavfli vaziyatlar haqida ogohlantiradi. Maqsad, sunʼiy yo‘ldosh va asteroidlarni kuzatish.

Bu borada Rossiya kosmik korporatsiyasiga Hisor astronomik rasadxonasi va Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasi Astrofizika instituti rasadxonasi yordam beradi.

Loyihaning boshlanishi tahminan 2030 yilga rejalashtirilgan deyilmoqda xabarda.