Koronavirusning “del’ta” shtammida qaysi vaksina samaraliroq?

Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko,koronavirusning “del’ta” varianti bilan kurashda “Sputnik V” juda yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lib 83% ga samarali ekanligini ta’kidlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, rus vaksinasi kasallikning og‘ir kechishidan 95%ga himoya qiladi.

Amerikalik olimlarning yangi tadqiqotlari “Moderna” preparatining xavfli shtammga qarshi samaradorligini 76%. ekanligini ko‘rsatdi. – Yevropada qo‘llanilayotgan “Pfizer” vaksinasi 42% ko‘rsatkichga ega. Ma’lumotlar MedRxiv saytida e’lon qilindi.

Joriy yilning iyul’ oyigacha ikki vaksina (“Moderna” va “Pfizer”) ham yuqori samarali (mos ravishda 86% va 76%) deb hisoblanar edi. Ammo, bu raqamlar emlangan odamni faqatgina boshlang‘ich SARS-CoV-2 SARS-CoV-2 virusi bilan duch kelganda amalda ekanligi ma’lum bo‘ldi.