Chegarachilarning taomnomasi prezident kitobiga koʼra tuziladi

Xabar berilishicha, prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Harbiy-dengiz kuchlarining yangi harbiy boʼlinmasi va Davlat chegara xizmati chegara posti binolarining ochilishida ishtirok etgan.

Harbiy-dengiz kuchlarining yangi harbiy boʼlinmasi haqida Trukmaniston OАVlari “barcha boʼlimlar maxsus dasturiy taʼminot bilan jihozlanganini, eng yangi texnologiyalar va raqamli tizim yordamida Kaspiy dengizidagi yoʼlovchi va harbiy kemalarni kuzatib borish mumkinligini” qayd etmoqda.
Maʼlum qilinishicha, boʼlinma hududida sport maydonchalari, tibbiy punkt, kutubxona, maktab, bolalar bogʼchasi, doʼkon va ikkita uch qavatli uylar joylashgan.

Shu bilan birga, chegara posti majmuasida Boshqaruv markazi, kazarmalar, itlar xonasi, kutubxona, sport maydonchalari va oshxona faoliyat olib boradi. Oshpazlar uchun esa asosiy amaliy qoʼllanma “Turkman dasturxon” kitobi taqdim etilgan (kitob ikki qismdan iborat boʼlib, prezident tomonidan yozilgan).

Chegara postida davlat rahbari yigʼilish oʼtkazib, unda mustaqillikning 30 yilligi sharafiga oʼtkaziladigan harbiy paradni yuqori darajada oʼtkazish topshirilgan.

Kuzatamiz harbiy parad orqali qanday texnik qurollar namoyish etilar ekan?!