“Korrupsiyani qabul qilish indeksi” – O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Korrupsiyani qabul qilish indeksi (korrupsiya indeksi) – bu davlat sektorida korrupsiyani tarqalishi buyicha global tadqiqot va dunyodagi davlatlar reytingi bo‘lib, ochiq statistik ma’lumotlar va global so‘rov natijalari asosida Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti metodologiyasi bo‘yicha hisoblab chiqiladi.

Ko‘rsatkichlar davlat sektori korrupsiyalashganligi darajasiga qarab, mamlakatlar va hududlarni 0 (eng yuqori korrupsiya) dan 100 gacha (eng past korrupsiya) bo‘lgan ball bilan baholanadi.


Demak, MDH mamlakatlari ichida bizni birinchi navbatda O‘zbekiston qiziqtiradi. Mamlakatimiz 26 ball bilan jahondagi 179 davlat ichida 146-o‘rinda. Ta’kidlash lozim, O‘zbekiston 2012 yilgi reyting bilan solishtirganda 26 pog‘onaga yuqorilagan. Lekin, MDHdagi davlatlar ichida faqatgina Tojikiston va Turkmaniston (149 va 165-o‘rinlar) mazkur reytingda O‘zbekistondan past joylashgan. Boshqa mamlakatlar reytingi esa quyidagicha Rossiya va Ozarbayjon 129-o‘rin, Qirg‘iziston 124-o‘rin, Ukraina 117-o‘rin, Moldova 115-o‘rin, Qozog‘iston 94-o‘rin, Belorus 63-o‘rin, Armaniston 60-o‘rin va Gruziya 45-o‘rin.

Korrupsiya darajasida sezilarli o‘zgarishlar juda sekin sodir bo‘lganligi sababli, indeks asosan so‘nggi uch yil davomida yig‘ilgan o‘rtacha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni mutaxassislar korrupsiya darajasini hozirgi baholari haqida fikr yuritadi va yildan -yilga sodir bo‘ladigan siljishlarga to‘xtalmaydilar. Shu sabab, tadqiqot doim ham haqiqiy dinamikani aks ettirmaydi.

Joriy ma’lumotlar 2020 yil holatiga ko‘ra taqdim etilgan bo‘lib 2021 yil yanvarda e’lon qilingan.