Afg‘onistondagi so‘nggi voqealar haqida qisqacha

▪️Tolibon Kobuldagi prezident saroyi ustiga o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi. Ularning rahbarlari 20 yillik urush tugaganini eʼlon qildi. Yaqin orada boshqaruv shakli maʼlum bo‘ladi. O‘tish davri hukumati bo‘lmaydi.

▪️Tolibon Afg‘onistonning barcha siyosatchilari bilan muloqotga tayyorligini va ularning himoyalanishini kafolatlaganini bildirdi.

▪️Prezident Ashraf G‘ani o‘z lavozimini tark etib, Toshkentga uchib ketgani aytilmoqda. Bu haqda prezidentning shaxsiy qo‘riqchisi maʼlum qilgan. G‘ani o‘zi isteʼfosini Kobuldagi qirg‘inni oldini olish bilan izohladi.

▪️AQSH elchixonasi Kobul aeroportiga to‘liq evakuatsiya qilindi. Aeroport xavfsizligini AQSH, Buyuk Britaniya va Turkiya harbiylari taʼminlaydi.

▪️Amerikada Afg‘onistondagi vaziyat tashqi siyosatning so‘nggi o‘n yillikdagi eng katta muvaffaqiyatsizligi deb atalgan. Tramp Baydenni isteʼfoga chiqishga undadi.