Xitoyga Osiyo NATOsi tahdid solmoqda

Savdo va energiya importining katta qismi amalga oshiriladigan dengiz chegaralari yildan -yilga notinch bo‘lib bormoqda. Yaponiya, Tayvan va Janubiy Xitoy dengizi bo‘yida joylashgan mamlakatlarni Vashington va uning ittifoqchilari tomonidan qo‘llab -quvvatlanishi hududiy bahslar va ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi. Buning natijasida esa xarajatlar doimiy ravishda oshadi hamda bu mintaqada misli ko‘rilmagan qurollanish poygasini keltirib chiqaradi.

Sinxua: Xitoy AQSHni “Yagona Xitoy” tamoyiliga va Xitoy-AQSH qo‘shma bayonotiga rioya qilishga, Tayvan bilan bog‘liq muammolarni to‘g‘ri hal qilishga va “Tayvan mustaqilligi” ga intilayotgan kuchlarga noto‘g‘ri “signal” yuborishni to‘xtatishga chaqirmoqda. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Tayvan ishlari bo‘yicha idorasining rasmiy vakili Ma Syaoguang maʼlum qildi.

Ma Syaoguang AQSHning Tayvan bo‘g‘ozida mintaqaviy qamalni kuchaytirish zarurligi haqidagi so‘nggi bayonotlariga izoh berdi. Uning taʼkidlashicha, Tayvan muammosi Xitoyning ichki ishi bo‘lib, chet el aralashuviga toqat qilmaydi. Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Tayvan bo‘g‘ozida ushlab turish” deb nomlangan siyosatni olib borishga urinishi, bu mintaqada tinchlik va barqarorlikka yangi tahdidlarni keltirib chiqaradi va ikki tomonda yashovchi odamlarning manfaatlari va farovonligiga zarar yetkazadi.

Amerikaliklarning maqsadi nima? Sharqshunos V.Kolotov: “Hozirda AQSH XXRga tizimli bosim o‘tkazish siyosatini kuchaytirdi. Osiyo NATOining prototipi to‘rtlik shaklida shakllanmoqda – AQSH, Yaponiya, Hindiston va Avstraliya o‘rtasida xavfsizlik bo‘yicha to‘rt tomonlama muloqot olib borilmoqda. Bu kuchlar parallelogrammasi allaqachon yaqin konturda Xitoyga qarshi kuchlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida siyosiy va harbiy impulslarni bashorat qilmoqda.

Savdo va energiya importining katta qismi amalga oshiriladigan dengiz chegaralari yildan -yilga notinch bo‘lib bormoqda. Yaponiya, Tayvan va Janubiy Xitoy dengizi bo‘yida joylashgan mamlakatlarni Vashington va uning ittifoqchilari tomonidan qo‘llab -quvvatlanishi hududiy bahslar va ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi. Buning natijasida esa xarajatlar doimiy ravishda oshadi hamda bu mintaqada misli ko‘rilmagan qurollanish poygasini keltirib chiqaradi.

Tayvan bo‘g‘ozidagi vaziyat anʼanaviy ravishda Pekinning eng og‘riqli nuqtalaridan biri hisoblanadi, chunki u Xitoyning ichki ishlariga aralashish sifatida qabul qilinadi. Bu Vashingtonning mintaqadagi siyosatini tanqid qilgan Ma Syaoguanning yaqinda qilgan bayonotiga sabab bo‘ldi.

Shubhasiz, bu amerikalik siyosatchilar tomonidan olib borilayotgan Xitoyga qarshi yo‘nalishga taʼsir qilmaydi, chunki mintaqaviy hukmronlikni daʼvo qiladigan strategik raqobatchini o‘z himoyasiga olish siyosati AQSHning tashqi siyosat kursini amalga oshirish uchun asos bo‘lgan qoidalardan biridir.