Nishonda – yoshlar

Xalqaro terrorizmning qaytish ehtimoli internet orqali ekstremizmga yollashda Internetda koʻp vaqtini oʻtkazadigan qozogʻistonlik yoshlarning yangi nishonga aylanishi mumkinligini anglatadi, deydi ekspertlar.

Bolalarga, ayniqsa oʻrta va katta sinflarda diniy taʼlim berish yollashning oldini olishda muhim omil, deydi ekstremizmning oldini olish boʻyicha olmaotalik mutaxassis Asilbek Izbairov.

Oʻsmirlar koʻpincha ota-onalari yoki tengdoshlari bilan kelishmaydigan idealist va maksimalist boʻlishadi, deydi u. “Bunday holatda ular psixologik taʼsir oldida zaif boʻlib qoladilar.”

“Ularning juda koʻp vaqtini Internetda oʻtkazishi inobatga olinsa, bu omillarning barchasi radikal yollovchilar uchun qoʻl kelishi mumkin”, dedi u.

Garchi xalqaro koalitsiya 2019-yilda Suriya va Iroqda “Islom davlati” (IShID) guruhini harbiy yoʻl bilan tor-mor etgan boʻlsa-da, Afgʻonistondagi vaziyat jiddiyligicha qolmoqda, deb ogohlantirdi Izbairov.

Tolibon Afgʻonistonda IDning faollashuviga yoʻl qoʻymaslikka vaʼda bergan.

Biroq, Markaziy Osiyo yoshlariga qaratilgan “global jihod” potensial mafkuraviy tahdidi mavjud, deydi Izbairov.

“Agar biz yoshlar va oʻsmirlar bilan profilaktika ishlari olib bormasak… ular yollovchilar uchun oson oʻljaga aylanishi mumkin”, dedi u. “Ularni oʻz safiga chaqirmaydi, qurollantirib jangga joʻnatmaydi, lekin ular ustida uzoq muddatli, chuqur psixologik ish olib borishi mumkin.”

“Milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan, bu yollangan yoshlarning xorijdagi jangarilar safiga borib qoʻshilishdan xavfliroq”, dedi Izbairov.

Xavotirli taktika

Ekstremistik guruhlar ilgari bombalar yasash va ularni yetkazib berish, hatto hudkushlik uchun afgʻon bolalarini yollangani haqida maʼlumotlar bor.

2011-yilda Afgʻonistonning oʻsha paytdagi prezidenti Hamid Karzay 8 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan 24 bolani afv etgan, ular terrorchilik harakatlari sodir etishga urinish yoki rejalashtirishda ayblanib hibsga olingan, deb xabar bergan edi Info24.ru 2019-yilda.

Info24.ru nashrining yozishicha, 2019-yilda Kobuldagi voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan “Bodombogʻ” jazo muassasasida (sobiq ayollar qamoqxonasi) 47 bola saqlangan, hukumat ularni milliy xavfsizlikka tahdid deb bilar edi.

Yollangan bolalar 13 yoshidanoq oʻqotar quroldan foydalanish va qoʻlbola portlovchi moslama yasash va qoʻllashni bilar edi, deb aytgan ularning qarindoshlari Info24.ru saytiga.

Qozogʻiston IDning yollash faoliyatiga qarshi aksilterror kurash choralarini tugatmagan, chunki bu guruh 2019-yilda jang maydonida yengilganidan keyin nisbatan jimib qolgan edi, deydi Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universitetining dinshunoslik fakulteti aspiranti, olmaotalik Yerlan Dosmagambetov.

Bunday befarqlik kelajakda muammolar keltirib chiqarishi mumkin, deb ogohlantirdi u.

Agar Tolibon Afgʻonistonda “ID” bilan birlashadigan boʻlsa, “bu qoʻrqinchli tus oladi, chunki Afgʻoniston Suriyaga qaraganda Qozogʻistonga yaqinroq”, dedi u.

Yangi yollanganlar ekstremistlar safiga kelib qoʻshilgach, ularning ongiga bir nechta asosiy gʻoyalar singdiriladi: davlat “takfirda” (dinsizlikda) ayblanadi, uni “kufr” va “togʻutiy” (butparast) davlat deb atashadi, dedi Nur-sultonlik diniy mutaxassis Temirlan Sovetov.

ID ekstremistlari yollanganlarning ongini oʻzgartirish uchun nashid yoki diniy qasidalardan faol foydalanadilar, dedi Sovetov.

Maqola havolasi