Amerikalik siyosatshunos Qirg‘izistondan deportatsiya qilindi

Nafaqat siyosatshunos. Qirg‘iziston hukumati tomonidan Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti (MOAU) prezidenti Endryu Kachinsni giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda gumon qilingan edi.

Birlashgan Arab Amirliklaridan Kachins nomiga yuborilgan paketda mahalliy bojxonachilar mayda poliyetilen paketlarga qadoqlangan dorilar va kapsulalarni topgan edi.

Kecha 17 avgust kuni Sud qarori bilan Kachins Qirg‘izistondan chiqarib yuborildi.

Endryu Kachins aslida kim?

Endryu Kachins o‘z faoliyatini sovetolog – SSSR bo‘yicha mutaxassisi sifatida boshlagan, Rossiya va Yevrosiyo uchun Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazining (CSIS) Amerika dasturi direktori bo‘lib uzoq vaqt Moskvada ishlagan. Kachins ishining bir qismi Rossiyada, ehtimol, Markaziy Osiyoda amerikaparast yangi elitani tarbiyalash edi. Bishkekda uning izdoshlari amerikalik tashkilotlar tashabbusi bilan o‘tkaziladigan mitinglarga muntazam tashrif buyurilganligi kuzatilgan.

Tadqiqotchilar CSISni AQSH Markaziy razvedka boshqarmasining tarkibiy bo‘linmasi deb hisoblashadi. Shu nuqtai nazardan, tashkilot qabul qiluvchi mamlakatlarning nodavlat sektori orqali mudofaa, energetika, moliya, yangi texnologiyalar va siyosat haqida maʼlumot to‘plashga ixtisoslashgani qayd etilgan. Shuningdek, CSIS bir vaqtlar Amerikaning “Rossiya balansi” dasturi doirasida rus muxolifati lideri Aleksey Navalniyni Yel universitetida o‘qitishni moliyalashtirgani haqida maʼlumotlar ham bor.