Biz ko‘p ichib qo‘ymayapmizmi?

Spirtli ichimliklarni isteʼmoli darajasi bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingi – bu dunyo mamlakatlarida spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish statistikasining qiyosiy tahlili bo‘lib, aholi jon boshiga litrli toza etil spirti bilan ifodalanadi. Dunyo mamlakatlarida spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish ko‘rsatkichlari asosiy vazifasi – dunyo aholisining sog‘lig‘ini himoya qilish va sog‘liq tizimidagi xalqaro muammolarni hal qilish bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tizimining maxsus agentligi bo‘lgan – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti metodologiyasi bo‘yicha hisoblab chiqiladi.

Mazkur o‘rganishlarda 15 yoshdan katta bo‘lganlar hisobga olinadi. Jahon sayyohlik tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, yillik sayyohlar soni mamlakat aholisi soniga teng bo‘lgan mamlakatlarda turistlarning spirtli ichimliklar isteʼmoli chegirib tashlanadi.

Demak, MDH davlatlarida mazkur qiziqarli reyting bo‘yicha vaziyat qanday? MDH mamlakatlari, qolaversa jahonda alkogol ichish bo‘yicha mutlaq yetakchi bu yiliga 15.2 litr ko‘rsatkich bilan Moldova. Keyingi o‘rinlarda 11.7 va 11.2 litr bilan Rossiya va Belarus egallagan (jahonda 16 va 27 o‘rin). O‘zbekiston bu reytingda 2.7 litr natija bilan jahondagi 189 mamlakat ichida 138-o‘rinda. 2014 yilgi reytingda mamlakatimiz 3.54 litr natija bilan 131-o‘rinda bo‘lganligi va 4 yildan so‘ng alkogol isteʼmoli sezilarli kamayganligini qayd etish lozim. Reyting natijalariga eʼtibor qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda spirtli ichimliklarni eng kam isteʼmol qiluvchi mamlakat deb tan olingan.

Spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish bo‘yicha dunyo mamlakatlar reytingi har bir necha yilda yangilanadi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining alkogol va sog‘liq sohasidagi vaziyatga bag‘ishlangan maxsus nashrlarida eʼlon qilinadi. Spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish ko‘rsatkichlari bo‘lgan hisobotlar, qoida tariqasida, bir yildan ikki yilgacha kechiktiriladi, Bunga  sabab milliy statistika idoralari va xalqaro tashkilotlar maʼlumotlari eʼlon qilinganidan keyin xalqaro taqqoslashni talab qiladi.