Xitoy: AQSh Afg‘onistonni tark etgandek, Tayvanni ham tashlab ketadi

“Qo‘shma Shtatlar o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun ittifoqchilarni rad etishi mamlakat boshqaruvida chuqur ildiz otgan nuqsondir”, Xitoyning Глобал Тимес gazetasidan iqtibos.

“Afg‘oniston atrofida AQShning eng yirik geosiyosiy raqiblari – Xitoy, Rossiya va Eron faollashmoqda. Qolaversa, Afg‘oniston Amerikaga qarshi mafkuraning tayanchiga aylandi. AQSh qo‘shinlarini olib chiqishi Afg‘oniston o‘z ahamiyatini yo‘qotgani bilan bog‘liq emas. Buning sababi shundaki, mamlakatda bo‘lish Vashington uchun juda qimmatga tushdi. AQSH endi global gegemonlikni saqlab qolish uchun o‘z resurslaridan foydalanishning eng yaxshi usulini topmoqchi.

Tayvan, shubhasiz, AQShning Sharqiy Osiyodagi eng asosiy iqtisodiy ittifoqchisidir. Tayvan orolida Amerika harbiylari yo‘q. AQShning Tayvan bilan ittifoq tuzish usuli oddiy: u Tayvanga qurol sotadi, bu hukumatni siyosiy qo‘llab-quvvatlash va manipulyatsiya orqali Xitoyga qarshi siyosat yuritishga undaydi. Natijada, bu Tayvan bo‘g‘ozining har ikki tomonining xoldan toyishiga olib keldi.