BMT O‘zbekistondagi Barqaror rivojlanish maqsadlarini qanday qo‘llab-quvvatlaydi?

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning O‘zbekistondagi hamkorlari Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga erishishi uchun O‘zbekiston va umuman insoniyat oldida turgan asosiy rivojlanish muammolarini hal qiladigan o‘zaro bog‘liq 17ta maqsadlari mavjud. Mana shu maqsadlardan O‘zbekiston 2030 yilgi global kun tartibiga va barqaror rivojlanish maqsadida o‘n oltita milliy yo‘nalishlarni amalga oshirishda ko‘p tomonlama manfaatli sheriklikka tayyor ekanligini tasdiqlagan.

Hozirgi milliy reja, 2017-2021 yillardagi Milliy Harakatlar Strategiyasi hamda barqaror rivojlanish yo‘lidir. Barqaror rivojlanish maqsadlarini taʼminlash uchun, 2018 yil oktyabr oyida hukumat 2030 yilgi kun tartibi to‘g‘risidagi qarorni maʼqulladi va qabul qildi, bu BRMlarni milliy strategiya va dasturlarga muvofiqlashtirish majburiyatini kuchaytirdi. Hukumat ularning bajarilishini nazorat qilishni osonlashtirish uchun 16 ta milliy barqaror rivojlanish maqsadlari, 125 ta maqsad va 206 ta indikatorni (ko‘rsatkichni) tasdiqlagan.

O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlari

Barqaror taraqqiyot maqsadlari – qashshoqlikni tugatish, Yerning ekologiyasi va iqlimini muhofaza qilish hamda insoniyat tinchlik va farovonlikdan bahramand bo‘lishini taʼminlashga qaratilgan global choralar. Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi maqsadlariga $25,4mln. ajratilgan.